Issiqlik ta’minotiga to‘lov tizimi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan quyidagicha tartib o‘rnatilishi belgilandi:

a) 2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi;

b) 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hamda issiqlik ta’minoti tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish hisobiga issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi;

aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining 2020 yilgi parametrlarini shakllantirishda aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun 1-ilovaga muvofiq zarur mablag‘larni nazarda tutadi;

issiqlik ta’minoti sohasiga ajratilayotgan byudjet mablag‘larining maqsadli va oqilona ishlatilishini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari tomonidan tegishli yil uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha choralar ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing