Issiqlik ta’minotiga mas’ul ikki yangi boshqarma tuziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish boshqarmasi tugatildi. O‘zbekiston Prezidentining “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida shunday deyiladi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish boshqarmasini tugatgan holda, issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ularning ob’ektlaridan ishonchli va samarali foydalanishni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan Issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasi hamda Issiqlik ta’minoti tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish boshqarmasini tashkil etish;

resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida issiqlik energiyasi va issiq suvni ishlab chiqarish hamda iste’mol qilishni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni inobatga olgan holda, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini 2019-2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazish;

aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalar asosida, ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilgan taqdirda esa ikki tomonlama shartnomalar asosida yetkazib berish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi.

Shuningdek, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yangidan tashkil etilayotgan boshqarmalarning shtat birliklari soni O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida shakllantirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing