Isroilning Suriyaga hujumida 14 kishi halok bo‘ldi – OAV
Olam
−
09 Sentabr 2024 5028 1 daqiqa
Isroil havo hujumi oqibatida Suriyaning markazida 14 kishi halok bo‘ldi Bu haqda Suriyaning SANA agentligi xabar berdi.
“Reuters” manbalarining ma’lum qilishicha, hujum nishoni kimyoviy qurol qo‘llanilishini o‘rganuvchi harbiy institut bo‘lgan.
O‘lgan 14 kishidan tashqari, 43 kishi jarohatlangan.
Isroil zarbaga izoh bermadi.
“Reuters” agentligining qayd etishicha, Isroil rasmiylari odatda Suriyaga qilingan hujumlar uchun javobgarlikni rasman o‘z zimmalariga olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga hujum qilgandi. Oqibatda yetti kishi, jumladan, ikki eronlik general halok bo‘lgan. Rasmiy ravishda Isroil rasmiylari hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral