Isroilning Istanbuldagi Bosh konsulligi oldida otishma bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 7 aprel kuni Istanbulning Beshiktosh tumani Levent mahallasi hududidagi Isroil Bosh konsulligi joylashgan bino yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda “İstanbul gazetesi” xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan taxminan soat 12:15 da Isroil Bosh konsulligi joylashgan “Yapı Kredi Plaza” biznes markazi atrofida sodir bo‘lgan. Hodisa haqida xabar tushgach, u yerga ko‘plab politsiya xodimlari yuborilgan.

“Habertürk” telekanali qurollangan 3 nafar hujumchi o‘ldirilgani, 1 nafari yarador holda qo‘lga olingani hamda 2 nafar politsiya xodimi jarohatlanganini xabar qildi.

Turkiya Adliya vaziri Akin Gurlek voqea yuzasidan prokuratura tomonidan tergov boshlanganini ma’lum qildi. Ayrim ommaviy axborot vositalari hozirda Istanbul va Anqarada Isroil diplomatlari yo‘qligini xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashingtondagi yahudiy muzeyi oldida Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul otishma Isroil Bosh konsullik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing