Isroilning G‘azoga bergan zarbasi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat janubida  sirenalar yangramoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumlari oqibatida 15 kishi, jumladan bir bola va ikki ayol halok bo‘lgan, 125 kishi jarohat olgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Isroil politsiyasi Matbuot xizmati G‘azo sektoridagi falastin guruhlari tomonidan otilgan raketa Sderot shahridagi binoga kelib tushgani, hech kim jabrlanmagani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni Isroil mudofaa kuchlari Falastin “Islomiy jihod” guruhining terroristik nishonlariga qarshi olib borilayotgan “Tong” operatsiyasiga start berdi.

Armiya G‘azodagi nishonlarga zarba bergan. Bugun, 6 avgust kuni soat 20:00 gacha sektor atrofidagi 80 kilometrlik hududda favqulodda holat amal qiladi. Ochiq maydonda o‘ndan ortiq va yopiq joylarda 50 dan ortiq odamni yig‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’lim faoliyati taqiqlangan.

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qo‘shma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan o‘ziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytgan.

O‘z navbatida, “Islomiy jihod” guruhi Isroil havo hujumi oqibatida qo‘mondonlardan biri halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

Bundan tashqari, anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi yetti kishi halok bo‘lgani, jumladan besh yoshli qizchaning o‘limi haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, hujumda 40 kishi yaralangan.

Falastinning G‘azo sektoridagi hukmron HAMAS harakati keskinlashuvda Isroilni ayblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing