Isroil G‘azoga zarba berdi
Olam
−
06 avgust 2022
9233Kecha, 5 avgust kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujum qildi. Bu haqda armiya Matbuot xizmati xabar bergan.
“Isroil mudofaa kuchlari Falastin “Islomiy jihod” guruhining terroristik nishonlariga qarshi olib borilayotgan “Tong” operatsiyasiga ruxsat beradi", deyiladi xabarda.
Armiya G‘azodagi nishonlarga zarba bergan. Bugun, 6 avgust kuni soat 20:00 gacha sektor atrofidagi 80 kilometrlik hududda favqulodda holat amal qiladi. Ochiq maydonda o‘ndan ortiq va yopiq joylarda 50 dan ortiq odamni yig‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’lim faoliyati taqiqlanadi.
Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qo‘shma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan o‘ziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytgan.
O‘z navbatida, “Islomiy jihod” guruhi Isroil havo hujumi natijasida qo‘mondonlardan biri halok bo‘lgani haqida xabar bergan.
Bundan tashqari, anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi yetti kishi halok bo‘lgani, jumladan, besh yoshli qizchaning o‘limi haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, hujumda 40 kishi yaralangan.
Falastinning G‘azo sektoridagi hukmron HAMAS harakati keskinlashuvda Isroilni ayblagan.
"Isroil G‘azo sektoriga hujum qilib, yangi jinoyatga qo‘l urdi. Dushman buning badalini to‘lashi va to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak", deydi jurnalistlarga harakat vakili Fauzi Barxum.
LiveBarchasi