Isroilning G‘azoga hujumlari besh kundan beri davom etmoqda

Olam

image

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorining blokada qilingan Falastin anklaviga besh kundan beri hujum qilmoqda. Falastin guruhlari ham Isroil harbiylarining harakatlariga raketa hujumlari bilan javob bermoqda. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari bugun, 13 mayga o‘tar kechasi yana Falastin anklavining turli hududlariga hujum uyushtirgan, oqibatda uchta turar-joy binosi vayron bo‘lgan, ko‘plab uylarga zarar yetgan. Falastin rasmiylaridan hozircha halok bo‘lganlar va yaradorlar haqida ma’lumot olinmagan.

Isroil mudofaa kuchlari qo‘mondonligi havo kuchlari HAMAS harakatining harbiylashtirilgan qanoti – “Islomiy jihod” nishonlariga zarbalar berganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Tel-Aviv zarbalar nishoni “Islomiy jihod” harakatining yuqori martabali amaldorlari Xolid Azzam va Muhammad Abu al-Ata bo‘lganini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 mayga o‘tar kechasi Isroil armiyasi G‘azo sektori blokadasidagi Falastin anklaviga zarba bergandi. Havo hujumi oqibatida 13 kishi qurbon bo‘ldi, yana 20 kishi yaralandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing