G‘azodagi qurbonlar soni 9488 nafarga yetdi
Olam
−
04 noyabr 2023
3477Isroilning so‘nggi 24 soat ichida blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 261 kishiga ko‘payib, 9488 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri isroilliklarning eksklavdagi hujumlari qurbonlari orasida 3900 nafar bola va 2509 nafar ayol bor. Bundan tashqari, kamida 24 ming g‘azolik yaralangan.
Al-Qudraning qayd etishicha, Isroil hujumlari qurbonlarining 70 foizi bolalar, ayollar va qariyalardir.
Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Isroilning sog‘liqni saqlash tizimiga hujumlari haqida xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Isroil hujumlari oqibatida 150 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan, 27 nafar tez yordam mashinasi ishdan chiqqan.
105 ta tibbiyot muassasasi Isroil hujumlari nishoniga olingan, 16 shifoxona va 32 tibbiyot markazi yoqilg‘i yo‘qligi yoki bombardimon tufayli xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan.
Bundan tashqari, G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida 2200 ga yaqin odam, jumladan 1250 nafar bola qolishi mumkinligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15