Isroilning eng keksa fuqarosi pandemiya tufayli vafot etdi. U koronavirusga chalinmagan
Olam
−
12 Oktabr 2020
13486Isroilning eng keksa fuqarosi Shlomo Yeguda 117 yoshida vafot etdi. Bu haqda Isroilning "ynet" yangiliklar portali xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, erkak oktyabr oyi boshida oilasi qurshovida vafot etgan. Ammo omma e’tiboriga bu yaqinda ma’lum bo‘lgan.
Shlomoning ortidan oltita farzand, o‘nlab nabiralar, evaralar va chevaralar qolgan. U oilasi bilan Isroilning Netaniya shahrida yashagan. Ular 1949 yilda Yamandan ko‘chib kelgan.
Yeguda Isroil armiyasida xizmat qilgan, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan, kamtarona turmush tarzi kechirgan.
Ta’kidlanishicha, karantin rejimi sababli kundalik sayrlarning bekor qilinishi 117 yoshli isroillikning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, Isroilda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 290 mingdan oshgan. 2 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 37 milliondan oshgan. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.