Isroilning BMTdagi doimiy vakili Guterrishning iste’fosini talab qildi
Olam
−
25 Oktabr 2023
9128Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan jahon tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishni o‘z lavozimini tark etishga chaqirdi. Bu haqda u X dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi bolalar, ayollar va qariyalarning ommaviy qotillik kampaniyasini tushunmaydi, BMTni boshqarishga yaramaydi. Men uni zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqiraman”, deb yozgan Erdan.
O‘z navbatida, kecha BMT Xavfsizlik Kengashida Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha ochiq munozarada ishtirok etgan Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen Falastin-Isroil mojarosining hozirgi yomonlashuvi munosabati bilan u Guterrish bilan shaxsiy uchrashuvlardan bosh tortishini aytgan.
Erdan keyinroq BMTdagi jurnalistlarga Koenning qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Isroil doimiy vakiliga ko‘ra, BMT Bosh kotibi o‘z bayonotlari bilan haqiqatda "terrorizmni oqlaydi" va Isroilga qarshi "qonli tuhmat" tarqatadi.
U yana Guterrishni zudlik bilan kechirim so‘rashga yoki iste’foga chiqishga chaqirgan.
“Aks holda, bu binoning (BMT shtab-kvartirasi – tahr..) mavjud bo‘lishi uchun hech qanday sabab yo‘q, bu bino vahshiyliklarning oldini olish uchun qurilgan”, deya iddao qilgan Erdan.
Ma’lumot uchun, Antoniu Manuel de Oliveyra Guterrish 1949 yil 30 aprelda tug‘ilgan. U 2017 yil 1 yanvardan BMT Bosh kotibi lavozimida ish boshlagan.
U 2005–2015 yillarda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari bo‘lgan.
LiveBarchasi