Isroilni tanqid qilganlar AQSHga kira olmasligi mumkin – OAV

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio AQSH vizasiga da’vogar ayrim shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini tekshirishni va agar ular AQSH yoki Isroilni tanqid qilgan bo‘lsa, mamlakatga kirishini taqiqlash choralarini ko‘rishni buyurdi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Davlat kotibi Marko Rubio xorijdagi diplomatlarga viza olishga ariza beruvchi ba’zi talabgorlar, jumladan talabalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini batafsil o‘rganishni buyurib, AQSH va Isroilni tanqid qilishda gumon qilinayotgan shaxslarga mamlakatga kirishni taqiqlashga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rishni topshirgan.

Maxsus tekshiruvga tortiladigan vizalar turi:

  • F, M va J vizalari (talabalik va almashinuv dasturi bo‘yicha mehmon vizalari).
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari sinchkovlik bilan tekshiriladigan shaxslar:
  • Terrorchilar bilan aloqador yoki ularga xayrixohlik bildirishda gumon qilingan shaxslar;
  • 2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil 31 avgustgacha bo‘lgan davrda talabalik yoki almashinuv vizasiga ega bo‘lganlar;
  • Vizasi 2024 yil oktyabrdan keyin bekor qilingan shaxslar.

Nashrning yozishicha, ushbu sanalar urush davrida Falastin xalqiga hamdardlik bildirgan talabalar arizalarini rad etish maqsadini ko‘rsatadi.

Rubioning ko‘rsatmalarida, shuningdek, agar talabnoma beruvchining xulq-atvori yoki harakatlari AQSH fuqarolari yoki AQSH madaniyatiga (jumladan hukumat, institutlar yoki asosiy tamoyillarga) nisbatan dushmanlik munosabatini namoyon etsa, unga viza berish rad etilishi mumkinligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati muhojirlarni yanada qat’iy tekshirishga qaratilgan kengroq harakat doirasida ba’zi shaxslar, jumladan, rasmiy tasdiqlangan qochqinlar tomonidan topshirilgan grin-karta arizalarini ko‘rib chiqishni yashirincha to‘xtatgani xabar qilingan edi. Bu harakat hozircha o‘z vatanida ta’qibga uchrashi mumkinligini isbotlab, AQSHdan boshpana olgan muhojirlarni huquqiy jihatdan mavhum vaziyatda qoldiradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza Isroil Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing