Isroilliklar Netanyaxuning iste’fosini talab qildi

Olam

image

Kecha, 4 noyabr kuni kechqurun yuzlab kishilar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Quddusdagi qarorgohi atrofidagi politsiya to‘siqlarini buzib o‘tishga urindi. Namoyishchilar Netanyaxuning iste’fosini talab qilgan. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Namoyishchilar Isroil milliy bayroqlarini silkitib, "Qamoqqa!" deya hayqirgan. Politsiya ularni jilovlashga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur namoyishlar Netanyaxu hukumatining o‘tgan oy G‘azo sektori atrofidagi isroillik jamiyatlariga HAMASning hujumiga olib kelgan muvaffaqiyatsizliklari bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, Tel-Avivda ham minglab odamlar HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun namoyish o‘tkazgan. Isroil Mudofaa vazirligi oldida odamlar, jumladan, o‘g‘irlab ketilgan 240 dan ortiq odamning qarindoshlari va do‘stlari “Ularni uylariga olib kelinglar!” deb hayqirgan.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaziyat fonida Isroilda norozilik kuchaymoqda. Isroilning “Channel 13” telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, isroilliklarning 76 foizi, hozirda oltinchi muddat Bosh vazir lavozimini egallab kelayotgan Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, 64 foizi esa urushdan so‘ng darhol saylovlar o‘tkazilishi kerak, degan fikrda. 

Netanyaxu HAMAS bilan davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlardan oldin ham kuchli siyosiy bosim ostida edi. Yanvar oyidan boshlab, o‘n minglab odamlar Netanyaxu hukumatining munozarali sud islohotlariga qarshi bir necha oylar davomida ko‘chalarga chiqqan. Bu islohot sud va Oliy sud vakolatlarini cheklash hamda parlament va Bosh vazir pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Netan'yaxu Isroilliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing