Isroillik tarixchi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlagani uchun so‘roq qilindi

Olam

image

AQSH Federal Qidiruv Byurosi (FQB) isroillik tarixchi Ilan Pappeni Detroyt aeroportida Falastinning HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga oldi. Bu haqda professor o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, ikki soatga yaqin davom etgan so‘roq paytida Pappening qo‘l telefoni olib qo‘yilgan.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, FQB xodimlari undan HAMASni yoqlashi, Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini genotsid deb hisoblashi, Isroil-Falastin mojarosining yechimi to‘g‘risida so‘ragan.

Shuningdek, FQB uning Qo‘shma Shtatlardagi arab va musulmon do‘stlari, ular bilan munosabatlarining mohiyatini surishtirgan.

Tarixchi so‘roq paytida agentlar uzoq vaqt telefonda, taxminan Isroil rasmiylari bilan gaplashganini qo‘shimcha qilgan.
Ilan Pappening telefonidagi barcha ma’lumotlar nusxalanganidan keyingina unga ketishga ruxsat berilgan.

Ma’lumot uchun, 8 mart kuni professor Ilan Pappe Buyuk Britaniyada Islomiy Inson huquqlari komissiyasi yig‘ilishida Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi “Falastin tarixidagi eng qorong‘i lahzaga” aylanishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Isroil HAMAS FQB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing