Isroilga raketa hujumidan oldin Rossiya va AQSH xabardor qilingan – OAV
Olam
−
01 Oktabr
10063Rossiya va AQSH Eronning Isroilga yaqinlashib kelayotgan hujumi haqida xabardor qilingan. Bu haqda Eronning yuqori martabali mulozimiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.
“Tehron Rossiyani Isroilga raketa hujumlari oldidan xabardor qilgan”, dedi “Reuters” agentligiga yuqori martabali amaldor.
Rasmiy, shuningdek, AQSH "hujumlardan sal oldin" diplomatik kanallar orqali Eron tomonidan ogohlantirilganini aytdi.
Rossiya va Eron Ukrainadagi urush paytida aloqalarni mustahkamladi, Eron Moskvaga urush uchun ballistik raketalar yetkazib berdi.
O‘tgan oy AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham AQSH Rossiya armiyasi Erondan qisqa masofaga uchuvchi Fath-360 ballistik raketalarini qabul qilganiga ishonishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Isroilni yirik raketa hujumiga uchratgani, SAXAL isroilliklarni Eron raketalarini uchirayotgani haqida ogohlantirgani xabar qilingandi.