Isroilga hujum AQSH gegemoniyasiga barham berdi – “Bloomberg”
Olam
−
10 Oktabr 2023
18744HAMASning Isroilga hujumi AQSH gegemonligiga barham berilganining dalolatidir. Bu haqda Bloomberg sharhlovchisi Hel Brends yozmoqda.
Jurnalistning fikricha, Isroildagi mojaroning taranglashuvi global xavfsizlik inqirozi kuchayib borayotganining alomatlaridan biridir. Brendsning eslatishicha, bir necha hafta oldin AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jek Sallivan mintaqada so‘nggi yigirma yil ichida kuzatilmagan tinchlik haqida gapirgan edi.
Brends, shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilari "hal qiluvchi ustunlikka" ega bo‘lgan Pax Americana davri tugayotganini bildirgan.
Bungacha Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSHning Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik sa’y-harakatlarini monopollashtirishga urinish, deb atagan edi.
AQSH Vakillar palatasining sobiq spikeri Kevin Makkarti ham HAMASning bostirib kirishini Vashington uchun ham “muvaffaqiyatsizlik” degan. Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar hujumda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan Eronga bosimni “maksimallashtirishi” kerak.
Avvalroq, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Falastinga o‘z bo‘linmalarini yuborishga tayyor ekanini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.
Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.
Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.
LiveBarchasi