Isroildagi o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya qilindi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo‘lgan o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi:

  • Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning.
  • Isroil rasmiylari va O‘zbekiston elchixonasi xabarlari va rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil Uy oldi qo‘mondonligi (Home Front Command)dan bildirishnomalar va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting.
  • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu sizga tezroq yordam olishga yordam beradi.
  • Imkon qadar olomondan qoching va jamoat joylariga tashrif buyurishdan cheklaning.

Yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi aloqalar orqali murojaat qilish tavsiya etilgan:

Favqulodda telefon:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

  • 054 485 1397

Elektron pochta

  • il.uzembassy@mfa.uz

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing