Isroildagi o‘zbekistonliklar tezkor ogohlantirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Isroil Eronga raketa hujumi uyushtirgani xabar qilingan edi. Endi Isroilga raketa otilishi mumkinligi munosabati bilan ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklardan tezkor ehtiyot choralarini ko‘rish qat’iy tavsiya qilinmoqda. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.

Fuqarolarga quyidagi qat’iy tavsiyalar berilmoqda:

  • Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kirish;
  • Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borish. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qilish;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurish.

Agar shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish:

  • Favqulodda yordam telefonlari:

  03-672-2466
  03-672-2371
  03-758-5075
  03-758-5076

  • Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

  054 485 1397

  • Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

Qayd etish joiz, bugun, 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronning bir qator yadro ob’ektlari va yuqori qo‘mondonlik binolariga hujum qilganini xabar qilgan edi. Ushbu hujum oqibatida bir qator eronlik qo‘mondonlar va yadroviy tadqiqotlar bo‘yicha olimlar halok bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron ogohlantirish Isroil raketa hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing