Isroildagi generallar Netanyaxudan norozi – NYT
Olam
−
15 may
9140Bir qancha generallar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning mojaro tugaganidan keyin G‘azo sektorini boshqarish rejasini ishlab chiqmaganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda kecha, 14 may kuni Isroil harbiylariga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, isroillik harbiylar anklavning shimoliy qismidagi ayrim hududlarga “ikkinchi yoki uchinchi marta qaytib, ularni “HAMASdan” yana bir bor tozalamoqda. Rasmiylarning aytishicha, generallar va harbiy Vazirlar Mahkamasi a’zolari Netanyaxuning G‘azoni boshqarish uchun HAMAS harakatiga muqobil variant yaratish jarayonini ishlab chiqa olmaganidan “ayniqsa hafsalasi pir”.
Nashrning tushuntirishicha, kurashda odatda “tozalash, ushlab turish va qurish” amaliyotidan foydalaniladi, Isroil esa “tozalash jarayonida qolib ketgan”. Biroq rasmiylarning qayd etishicha, Netanyaxuning G‘azodagi kampaniyaning yakuniy bosqichlari haqida jiddiy suhbat qurishni istamagani HAMASning avvalgi janglar bo‘lib o‘tgan hududlarga qaytishini osonlashtirgan.