Isroildagi avtovokzalda 18 ta avtobus yonib ketdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 11 iyun kuni tongda Isroil shimolida joylashgan Safed shahridagi markaziy avtovokzalda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 18 ta avtobus butunlay yonib ketgan. Bu haqda “Jerusalem Post” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joyiga tezda yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etgan va alanganing boshqa avtomobillarga o‘tishiga yo‘l qo‘ymagan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari favqulodda vaziyatning sabablarini aniqlamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Safed markaziy avtovokzaliga o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Isroil

Baholaganlar

186

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing