Isroilda yana falastinlik o‘ldirildi
Olam
−
03 noyabr 2022
5732Isroil Qurolli Kuchlari bugun, 3 noyabr kuni Qudusda pichoqli hujum uyushtirgan bir nafar falastinlik insonni otib o‘ldirdi. Shifokorlar esa yana bir falastinlikning Isroil armiyasi tomonidan bosib olingan G‘arbiy sohilga qilingan hujum chog‘ida otib o‘ldirilganini aytgan. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda,
Qayd etilishicha, Isroil so‘nggi oylarda o‘z shaharlarida kuchaygan qonli ko‘cha hujumlariga javoban falastinliklar davlat tuzishga intilayotgan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda zo‘ravonlik keskin oshgan.
Isroildagi xavfsizlik bilan bog‘liq beqaror vaziyat fonida 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasiga ko‘ra, Konservatorlar partiyasi yetakchisi va Falastinga nisbatan o‘ta konservativ, sobiq Bosh vazir Binyamin Netanyaxu hokimiyatga qaytishi mumkin.
Isroil armiyasi joriy yilning 2 noyabr kuni G‘arbiy Sohildagi Bayt Duku shahrida tungi reyd o‘tkazadi. Falastinliklar askarlarga tosh va benzin bombalarini otgan. Isroil kuchlari esa ularga g‘alayonni tarqatish vositalari va jonli o‘q bilan javob bergan. To‘qnashuv oqibatida 45 yoshli falastinlik erkak halok bo‘lgan.
Quddusning Eski shahar hududida Isroil armiyasi tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilayotgan Falastin fuqarosi bir zobitga hujum qiladi. Keyin esa ofitserlar falastinlikni otib o‘ldirgan. Bu esa bir kun ichida o‘ldirilgan ikkinchi falastinlik bo‘ldi. Isroil ommaviy axborot vositalari hodisaning kutilmagan otishma natijasida sodir bo‘lganligini iddao qilmoqda. Yuqoridagi ikkita fuqarosining o‘limiga Falastin rasmiylari hozircha hech qanday izoh bermagan.
Aytilishicha, voqea Falastin millatchiligining ramzi bo‘lgan Al-Aqso masjidi yaqinida sodir bo‘lgan. Isroilliklar nazarida u yerda yahudiylarning ikkita ibodatxonasining qoldiqlari mavjud. Shuning uchun ular Al-Aqso yaqinida ibodat qilishni xohlashadi. Musulmonlar esa buni o‘zlariga nisbatan haqorat sifatida qabul qiladi.
LiveBarchasi