Isroilda shoshilinch favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
11:40 5268 1 daqiqa
Isroilda shoshilinch favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Isroill Kats maxsus qarorni imzoladi.
Qarorda aytilishicha, Isroil davlati o‘ziga xavfsizlik tahdidlarini bartaraf etish uchun Eronga qarshi profilaktik hujum boshlagan.
Bundan kelib chiqib, yaqin kelajakda Isroil davlati va uning tinch aholisiga raketa hujumi va dron hujumi kutilmoqda.
Shuning uchun, Fuqarolik mudofaasi to‘g‘risidagi qonun bilan unga berilgan vakolatga muvofiq, Mudofaa vaziri Isroil davlati bo‘ylab front ortida maxsus favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus farmonni imzolagan.
Front qo‘mondonligi va rasmiylarning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish va xavfsiz hududlarda qolish juda muhimdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron poytaxti Tehron shahrida kuchli portlashlar sodir bo‘lgandi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, bu hujum Isroil tomondan uyushtirilgan.