Isroilda namoyishchilar Netanyaxuning kortejini to‘sib qo‘ydi (video)
Olam
−
17 mart
16170Isroilda kecha, 16 mart kuni Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning iste’fosini talab qilib, namoyishchilar uning kortejini to‘sishga harakat qildi. Bu haqda Isroilning "Kanal 7" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Isroil shimolidagi Kesariya shahridagi hukumat rahbarining shaxsiy qarorgohi yaqinida bayroq ko‘targan 2 mingga yaqin namoyishchilar yig‘ilgan.
Ular Netanyaxu hukumatini tanqid qiluvchi banner va plakatlarni ko‘tarib, “Sen javobgarsan”, “Hoziroq ket”, “7 oktyabr voqealari uchun tovon to‘laysan” degan shiorlarni aytgan.
Kortej qarorgohni tark etar ekan, namoyishchilar mashinalarni to‘sishga harakat qilgan. Netanyaxuning mashinalardan birida bo‘lgan-bo‘lmagani haqida ma’lumot berilmagan.
Shundan so‘ng, namoyishchilar qirg‘oq bo‘yidagi yo‘l bo‘ylab qarorgohga borishga harakat qilgan, biroq hududga joylashtirilgan politsiya ularga qarshilik ko‘rsatgan. To‘rt nafar namoyishchi hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilda Bosh vazir qarorgohi yaqinida namoyish o‘tkazish taqiqlangan edi.
LiveBarchasi