Isroil Jenindan askarlarini olib chiqib ketdi
Olam
−
23 may 2024 3803 1 daqiqa
Isroil qo‘shini ikki kunlik hujumlardan so‘ng ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilning shimolidagi Jenin shahri va Jenin qochqinlar lageridan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, Isroil armiyasi 21 may kuni ertalabki harbiy hujumlari ortidan bugun, 23 may kuni ertalab shahar va Jenin lagerini butunlay tark etgan. Harbiy kuchlar chiqib ketgach, yuzlab falastinliklar uylariga qaytishni boshlagan.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining 22 may kungi axborotiga ko‘ra, Isroil armiyasining Jenin shahriga 21 maydan beri uyushtirgan hujumlari sababli 11 falastinlik halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga qo‘shimcha bo‘linmalarni yuborgandi.
Habib Jo‘raboyev
Live
Barchasi