Isroil yana Suriyaga zarba berdi
Olam
−
21 fevral
4716Bugun, 21 fevral kuni Isroil armiyasi Suriya poytaxti Damashqning janubi-g‘arbidagi Kafr Souza hududiga hujum qildi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.
“Bugun ertalab mahalliy vaqt bilan soat 9:40 da Isroil tomonidan bosib olingan Suriyaning Golan hududiga bir qancha raketalar bilan havodan hujum uyushtirildi va Kafr Souza mahallasidagi turarjoy binolari nishonga olindi”, deyiladi xabarda.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, tajovuz oqibatida ikki nafar fuqaro halok bo‘lgan va yana biri yaralangan. Bundan tashqari, nishonga olingan bino va ba’zi qo‘shni tuzilmalarga moddiy zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni, shanbaga o‘tar kechasi Isroil Damashq yaqinidagi bir qator hududlarga raketa hujumi uyushtirgandi.
Ulkanbayeva Rayhona