Isroil yana Suriyaga aviazarba berdi

Olam

image

Kecha, 14 iyun kuni soat 01:06 da Isroil harbiy-havo kuchlarining ikkita F-15 taktik qiruvchi samolyoti bosib olingan Golan tepaliklari havo hududidan Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi ob’ektlarga to‘rtta masofadan turib boshqariladigan aviabombalar bilan hujum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi. 

Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari o‘rinbosari kontr-admiral Oleg Gurinov Suriya armiyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan “Buk-M2E” raketa komplekslari yordamida bitta havo bombasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Isroil havo hujumi oqibatida ikkita omborxona zarar ko‘rgan va bir suriyalik harbiy og‘ir yaralangan. 

SANA axborot agentligi Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari Damashq chekkasida osmondagi hujumni qaytarayotgani haqida xabar bergan. Isroil harbiy-havo kuchlari oxirgi marta joriy yilning 29 may kuni Damashq chekkasiga hujum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni Suriya shimoli-sharqida vertolyot qulashi oqibatida 22 nafar amerikalik harbiy xizmatchi yaralangan edi.

Bundan tashqari, Isroil armiyasi Suriyaning Xoms viloyatidagi bir qator nishonlarga raketa hujumi uyushtirishi oqibatida uch nafar tinch aholi halok bo‘lgandi.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya Isroil Aviabomba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing