Isroil yana Suriyaga havo hujumi uyushtirdi
Olam
−
30 mart 2023
5821Bugun, 30 martga o‘tar kechasi Isroil kuchlari Damashq yaqinidagi nishonlarga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda "Aljazeera" xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan 1:20 da poytaxtda kuchli portlashlar ovozi eshitilgan. Suriya Mudofaa vazirligi Isroil Golan tepaligidan Damashq yaqiniga qaratilgan bir qancha raketalarni uchirgani, oqibatda 2 askar yaralangani va moddiy zarar ko‘rilganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi raketalarning bir qismini urib tushirgani qayd etilgan. Biroq vazirlik nishonlar haqida ma’lumotni ochiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil so‘nggi yillarda Suriyaning hukumat nazorati ostidagi hududlari ichidagi nishonlarga yuzlab havo hujumlarini amalga oshirib kelmoqda. Xususan, shu oyda Aleppo xalqaro aeroportiga ikkita raketa zarbasi berilgan, bu Isroil kuchlarining olti oy ichida havo transporti ob’ektiga uchinchi hujumi bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar