Isroil yana Suriya shahriga zarba berdi. 36 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil Harbiy havo kuchlarining Suriyaning Xoms viloyatidagi Palmira shahridagi nishonlarga bergan zarbalari oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Suriya Respublikasining xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga tayanib, SANA xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 20 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 13:30 da Isroil Al-Tanf hududi yo‘nalishidan havo hujumi uyushtirgan va Palmira shahridagi bir necha binolarga zarba bergan. Oqibatda 36 kishi halok bo‘lgan va 50 dan ortiq odam yaralangan. Hujum binolar va uning atrofidagi hududlarga ham katta moddiy zarar yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Damashqning g‘arbiy hududlariga uyushtirgan raketa hujumi oqibatida kamida 15 nafar Suriya fuqarosi halok bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing