Isroil yana HAMAS bilan muzokara boshlaydi
Olam
−
09 mart 2025 3217 1 daqiqa
Ertaga, 10 mart kuni Isroil hukumati Qatarga delegatsiya yuborib, HAMAS harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi bosqichiga o‘tmoqchi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Isroil AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan vositachilarning taklifini qabul qilgan va 10 mart kuni Dohaga delegatsiya yuborib, muzokaralarda oldinga siljish uchun harakat qilmoqchi.
Ushbu bayonot arab ommaviy axborot vositalari HAMAS G‘azo sektorida Ramazon oyida o‘t ochishni vaqtincha uzaytirishga rozi ekanligi haqida xabar berishi fonida e’lon qilingan. Biroq “The Times of Israel” nashri isroillik rasmiyga tayanib, falastinlik harakat o‘t ochishni to‘xtatishni uzaytirishga rozi bo‘lmaganini yozgan.
Ma’lumot uchun, 28 fevral kuni Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvning birinchi bosqichi yakunlangan. Kelishuvning ikkinchi bosqichida G‘azo sektoridan barcha asirlarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini olib chiqish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS harakati agar Isroil G‘azo sektorida janglarni davom ettirsa, ba’zi garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qilgandi.
Live
Barchasi