Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi (video)
Olam
−
27 dekabr
4421Isroil armiyasi Yaman poytaxti Sano shahridagi aeroportga zarba berdi. Ushbu hujum chog‘ida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreisus samolyotga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda SABA xabar berdi.
Isroil armiyasiga ko‘ra, zarbalar husiy guruhlariga qarashli ob’ektlarga yo‘llangan. Hujum davomida bir qancha elektr stansiyalari ham zarar ko‘rgan.
JSST rahbari Tedros Gebreisus X ijtimoiy tarmog‘ida aeroport bombardimon qilingan paytda o‘zi va uning jamoasi samolyotga chiqishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
“Samolyotimiz ekipajidan biri jarohat oldi. Aeroportda kamida ikki kishining halok bo‘lgani haqida xabarlar bor. Aeroportning havo harakatini boshqarish minorasi, yo‘lovchilar zali va uchish-qo‘nish yo‘lagi zarar ko‘rgan”, deb yozdi Tedros.
SSV bayonotiga ko‘ra, Isroilning Sano xalqaro aeroportiga uyushtirgan tajovuzkor reydlari uch kishining halok bo‘lishiga va yana 30 kishining jarohat olishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, Xodeyda viloyatida sodir etilgan hujum oqibatida yana uch kishi halok bo‘lib, o‘n kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaman husiylari Tel-Aviv yaqinidagi harbiy ob’ektga raketa hujumi uyushtirgan edi. Oqibatda Tel-Avivning 20 ga yaqin aholisi shaharda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilinganidan so‘ng jarohat olgan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr