Isroil va Eron mojarosi davom etsa, jahonda neft inqirozi boshlanadi – “Forbes”

Olam

image

Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat kuchaysa, jahon iqtisodiyoti neft tanqisligiga duch kelishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

“Isroil va Eron munosabatlaridagi keskinlik biz hozirgacha guvoh bo‘lgan mintaqaviy mojarolarning yanada kuchayishiga sabab bo‘ladi”, deydi Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Gita Gopinat.

Nashrga ko‘ra, Isroil va Eron o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgani sari keskinlikning yangi bosqichi boshlanadi, ya’ni keng ko‘lamli urush yuz berishi xavfi ortadi.

Ma’lumot uchun, hozirda treyderlar mintaqaviy beqarorlik global neft ta’minotini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan mojaroga aylanmasligi uchun pul tikishmoqda. Biroq ularning fikricha, vaziyat hali u darajada yomonlashmagan.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron neft' Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing