Isroil va AQSH zarbalari ortidan Eron saytlari kiberhujumlarga uchradi

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni Isroil va AQSH tomonidan Eronga amalga oshirilayotgan harbiy harakatlar fonida mamlakat keng ko‘lamli kiberhujumlarga ham duch keldi. Bu haqda “Fars” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Eronning bir nechta yirik axborot agentliklari va media platformalari nishonga olingan. Kiberhujumlar oqibatida ayrim axborot resurslari faoliyatida jiddiy uzilishlar yuzaga kelgan, ba’zi rasmiy veb-saytlar vaqtincha ishlamay qolgan yoki cheklangan rejimda xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, keng qo‘llaniladigan ayrim mobil ilovalar faoliyatida ham nosozliklar qayd etilgan. Foydalanuvchilar tizimga kirishda qiyinchiliklar, xabar almashishdagi uzilishlar va xizmatlar sekinlashuvi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronga qarshi AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan qo‘shma harbiy operatsiya bir necha oy davom etishi haqida xabar berilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil kiberhujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing