Isroil va HAMAS nimalarga kelishib oldi?

Olam

image

Isroil hukumati va HAMAS rahbariyati o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda kecha, 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etgan Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Soniy ma’lum qildi.

U HAMAS va Isroil kelishuvga erishganini tasdiqladi. Kelishuv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 

  • U 19 yanvardan kuchga kiradi va uch bosqichni o‘z ichiga oladi.
  • Shartnomaning birinchi bosqichi 42 kun davom etadi. Unda o‘t ochishni to‘xtatish, asirlarni almashish, Isroil qo‘shinlarini olib chiqish va yarador falastinliklarni evakuatsiya qilish talab qilinadi.
  • Birinchi bosqichda keyingi ikki bosqich tafsilotlari ham kelishib olinadi.
  • HAMAS kelishuvning birinchi bosqichida 33 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qiladi. 
  • Bunga javoban har bir Isroil fuqarosi uchun yahudiy davlati qamoqxonalaridagi 30 falastinlik mahbus, har bir askar uchun 50 falastinlik ozod qilinishi kerak.
  • AQSH Prezidenti Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda barcha amerikalik garovga olinganlar ozod qilinadi.
  • Misr, Qatar va Qo‘shma Shtatlar hozirgi bosqichda G‘azoga kerakli miqdorda insonparvarlik yordami yetkazilishini, shuningdek, tibbiyot muassasalarini qayta tiklashni va hududda turarjoy binolarini barpo etishni talab qilmoqda.
  • Ikkinchi bosqichda Isroil qo‘shinlarining G‘azodan to‘liq olib chiqilishi va urushning tugashi e’lon qilinishi kerak. Ayni shu davrda garovga olingan barcha qolganlar, shu jumladan isroillik erkak askarlar ham ozod qilinadi.
  • Shartnomaning uchinchi bosqichi anklavni tiklashning boshlanishini o‘z ichiga oladi.
  • O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi barcha uch bosqichda amal qiladi.
  • Misr, Qatar va Qo‘shma Shtatlar o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining barcha uch bosqichida amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ular Qohirada nazorat mexanizmini yaratishga kelishib oldi.

Isroil Prezidenti Isxak Gersog kelishuvni to‘g‘ri va zarur qadam deb atadi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampga G‘azodagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Falastinning G‘azo sektoridagi HAMAS harakati rahbari va harakatning muzokaralar guruhi rahbari Xalil al-Heya anklav aholisini kelishuvga erishilgani bilan tabrikladi, biroq Isroil bilan qarama-qarshilik davom etishiga va’da berdi. Shuningdek, u Isroil bilan qarama-qarshilikda Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa davlatlarga minnatdorlik bildirdi. HAMAS bayonotida kelishuv Falastin xalqini ozod qilish maqsadlariga erishish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lgani qayd etildi.

G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini ma’qullash uchun Isroil Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bugun, 16 yanvar kuni ertalab o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, bugun Qohirada kelishuvning barcha jihatlari bo‘yicha amalga oshirilishini muhokama qilish uchun uchrashuv bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing