Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega – Blinken

Olam

image

Isroil HAMASning hujumidan so‘ng nafaqat o‘z hududini himoya qilish huquqiga, balki majburiyatiga ham ega. Buni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil Prezidenti Isxaak Gersog bilan uchrashuv oldidan bildirdi.

“Biz Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega va 7 oktyabrda sodir bo‘lgan voqealar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart, degan fikrdamiz”, degan Blinken.

Shuningdek, Davlat kotibi Qo‘shma Shtatlar HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish niyatida ekanini aytgan.

“Biz har daqiqada garovga olinganlar haqida o‘ylaymiz. Juda ko‘p isroilliklar, amerikaliklar, boshqa mamlakatlar fuqarolari garovda. Biz ularni xavfsiz olib kelish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, deydi Blinken.

Bundan oldin Blinken Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan yopiq uchrashuv o‘tkazgan. Ular harbiy vazirlar mahkamasi a’zolari bilan ham uchrashishga kelishib olgan.

“The Times of Israel”ning yozishicha, Blinken 4 noyabr kuni Iordaniya poytaxtiga borganida ittifoqchi arab davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvini tashkil qiladi. Bu uchrashuv AQSH uchun mintaqaviy sheriklarni Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush bo‘yicha strategiyalarni qo‘llab-quvvatlashga jalb qilish uchun zarur.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing