Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmaydi – Netanyaxu

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligi, chunki bu HAMAS bilan kurashda mag‘lub bo‘lishni anglatishini aytdi. Bu haqda u “The Wall Street Journal”da e’lon qilingan videomurojaatda so‘z ochgan.

"Qo‘shma Shtatlar Pyorl-Harborga hujumidan keyin yoki 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmagani kabi, Isroil ham 7 oktyabrdagi jangarilar hujumidan keyin HAMAS bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lmaydi. O‘t ochishni to‘xtatishga chaqirish – bu HAMAS oldida, terrorizm, vahshiylik oldida mag‘lub bo‘lishga chaqiriqdir”, deydi Netanyaxu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron G‘azo sektoridagi HAMASni, Livandagi “Hizbulloh”ni, Yamandagi husiylarni hamda “Yaqin Sharq va undan tashqaridagi boshqa terrorchi guruhlarni qurollantirish, tayyorlash va moliyalash orqali terror o‘qini” shakllantirgan.

“HAMAS va Eron guruhlari bilan kurashish orqali Isroil sivilizatsiya dushmanlariga qarshi kurashmoqda”, deya iddao qiladi siyosatchi.

Binyamin Netanyaxu “sivilizatsiyalashgan mamlakatlar”ni Isroilni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. 

“Agar HAMAS va Eronning yovuzlik o‘qi g‘alaba qozonsa, siz ularning navbatdagi nishoni bo‘lasiz”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 oktyabr kuni Binyamin Netanyaxu urushning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qilgan bo‘lsa, bugun, 31 oktyabr kuni u Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti quruqlikdagi operatsiyalarni kengaytirishni o‘z ichiga olgan uchinchi bosqichga kirganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing