Isroil tomonidan o‘ldirilgan falastinliklar soni 3,3 mingga yetdi

Olam

image

Eskalatsiya boshlanganidan beri Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 3,3 ming nafardan oshdi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mey Kayle ma’lum qildi.

“Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi natijasida 3,3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi”, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligining Facebook'dagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan bayonotida. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirda G‘azoda og‘ir ahvoldagi 4,8 ming nafar yaradorga tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni yo‘q.

"G‘azo sektorida dori-darmonlarning keskin tanqisligi va shifoxonalarning tibbiy uskunalar yetkazib berishida jiddiy inqiroz kuzatilyapti. Ayni paytda suv ta’minotidagi uzilishlar va kanalizatsiya tizimlarining nosozligi yuqumli kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lyapti", degan Mey Kayle. 

Shuningdek, u emlash dasturlarini to‘xtatish G‘azo sektorida epidemiya xavfini oshirishidan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 oktyabr kuni tunda G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga hujum oqibatida 800 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing