Isroil Suriyaning havo hujumidan mudofaa inshootlariga zarba berdi

Olam

image

Isroil havo kuchlari samolyotlari janubiy Qunaytra va Suvayda viloyatlaridagi Suriya havo hujumidan mudofaa ob’ektlariga hujum qildi. Bu haqda Arab Respublikasi Mudofaa vazirligiga tayanib, SANA agentligi xabar berdi.

“Dushman Isroil ertalab soat 02:55 da janubiy mintaqadagi havo hujumidan mudofaa ob’ektlariga qarata yangi agressiv hujumni amalga oshirdi. Hujum moddiy yo‘qotishlarga olib keldi, qurbonlar yo‘q”, deyiladi bayonotda.

“Al Arabiya” telekanali zarbalardan biri Talaa harbiy aerodromiga berilgani, u yerda bir necha portlash ovozlari eshitilgani haqida xabar berdi. Aytilishicha, havo hujumi Isroilning Eron hududiga uyushtirgani aytilayotgan dron hujumi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.

Mahalliy manbalarning ma’lum qilishicha, hujum Korfu va Ezraa shaharlari o‘rtasidagi avtomagistraldagi harbiy ob’ektda joylashgan radar stansiyasini ishdan chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, ABC telekanali ertalab Isroil Erondagi ob’ektga raketa hujumi uyushtirgani haqida xabar bergan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing