Isroil Suriyaga raketa uchirdi

Olam

image

Isroil armiyasi Suriyaning Xoms viloyatidagi bir qator nishonlarga raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda uch nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar qildi.

Aytilishicha, raketa hujumi bugun, 29 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:50 atrofida amalga oshirilgan. Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi raketalarning bir qismini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Isroil rasmiylari esa an’anaga sodiq qolgan holda bu borada bayonot berishdan o‘zini tiygan.

Ma’lumot uchun, Suriyaning Xoms viloyatida Bashar Asad armiyasi bilan bir qatorda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ofitserlari hamda “Hizbulloh” guruhi otryadlari qo‘mondonligi ostida yollanma askarlar joylashtirilgan. 2011 yildan keyin Isroil vaqti-vaqti bilan Suriyadagi Eronparast kuchlar ob’ektlariga zarbalar berib turadi.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning mart oyida Isroil samolyotlari Suriyaning Aleppo (Xalab) xalqaro aeroportiga raketa hujumi uyushtirgan, bu Isroil kuchlarining olti oy ichida havo transporti ob’ektiga uchinchi hujumi bo‘lgandi. 30 martga o‘tar kechasi Isroil kuchlari Damashq yaqinidagi nishonlarga havo hujumi uyushtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil havo hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing