Isroil Suriyaga raketa hujumi uyushtirdi

Olam

image

Isroil armiyasi Suriyaning Kuneytra viloyatidagi Kars an-Nafal tumanidagi harbiy ob’ektga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

“Isroil Kars an-Nafaldagi harbiy ob’ektga uchta raketa bilan hujum qilib, tajovuzkorligini ko‘rsatdi”, degan agentlik manbasi.

Unga ko‘ra, Isroil Suriya armiyasi 90-brigadasining Kuneytra viloyatining sharqiy qismidagi qarorgohiga ham hujum qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida moddiy zarar yetkazilgan. Harbiylar orasida yaradorlar yoki o‘lganlar yo‘q.

Isroilning “The Jerusalim Post” nashrining yozishicha, hujum Hizbulloh va Eronga tegishli postlarga uyushtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

568

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing