Isroil Suriya aeroportiga zarba berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Isroil samolyotlari Suriyaning Aleppo (Xalab) xalqaro aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Suriya Mudofaa vazirligi hujum O‘rta Yer dengizidan amalga oshirilganini ma’lum qilgan bo‘lsada, qurbonlar va ko‘rilgan zarar haqida hech narsani ochiqlamagan.

“Isroil mahalliy vaqt bilan soat 03:55 da O‘rta Yer dengizi tomonidan bir necha raketa zarbalari berib, Aleppo xalqaro aeroporti hududiga hujum qildi”, deyilgan vazirlik xabarda.

Shuningdek, Isroil tomoni ham hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan. Suriya Transport vazirligi yetkazilgan zarar tufayli Aleppo xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qilgan. Barcha reyslar Aleppodan Damashq va Latakiya aeroportlariga yo‘naltirilgan. Hujum oqibatida uchish-qo‘nish yo‘lagi va navigatsiya uskunalari zarar ko‘rgan.

Ta’kidlash joizki, mazkur aeroportga o‘tgan olti oy ichida Isroil tarafdan 3 marotaba hujum uyushtirilgan. Aleppo xalqaro aeroportining muhim jihati shundaki, u zilzila oqibatida zarar ko‘rgan Suriyaga keladigan xalqaro yordam uchun ko‘prik vazifasini o‘tagan edi. Oldingi hujumlar natijasida gumanitar yordam yo‘lagi ham Aleppodan Damashq va  Latakiyaga ko‘chgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil raketa hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing