Isroil sulh shartlariga rioya qilmayapti – “Al-Jazeera”

Olam

image

Isroil G‘azo sektori shimoliga, jumladan, u yerda joylashgan yagona shifoxonaga yoqilg‘i yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymayapti. Bu haqda "Al-Jazeera" telekanali xabar berdi.

Gap shundaki, G‘azo shimolidagi yagona Kamol Avdan shifoxonasi hali ham bemorlarni qabul qilmoqda. Shifoxonaning reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Husam Abu Safiyaning aytishicha, yaqin soatlar ichida yoqilg‘i ta’minoti tiklanmasa, boshqa tibbiy muassasalarda bo‘lgani kabi bolalar bo‘limidagilar, jumladan, erta tug‘ilgan chaqaloqlar halok bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining umumiy kasalxona bo‘limi boshlig‘i Muhammad Zakout Falastin anklavining shimolidagi shifoxonalar, gumanitar sulhga qaramay, generatorlar uchun yoqilg‘i olmaganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan havo va quruqlikdagi hujumlar ortidan G‘azo sektoridagi 18 ta shifoxona faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgani haqida yozgandik.


Maqola muallifi

Teglar

shifoxona G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing