Isroil Prezidenti Lavrovdan kechirim so‘rashini talab qildi

Olam

image

Isroil Prezidenti Isxaak Gersog Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Adolf Gitlerda yahudiy qoni borligi haqidagi bayonotini qoraladi. Bu haqda “Anadolu”agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil rahbari Lavrov Isroil va yahudiy xalqidan kechirim so‘rashini hamda so‘zlaridan qaytishini kutyapti.

“Vaziyatni to‘g‘irlash, kechirim so‘rash to‘g‘ri bo‘ladi — bu juda muhim”, degan siyosatchi.

Isroil Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Lavrovning bayonotini bir necha bor o‘qib chiqqan va bu fikr unga tegishli ekaniga ishonmagan.

“Avvaliga men ularni Rossiya Tashqi ishlar vaziri gapirganiga ishonmadim. Men bayonotdan g‘azablandim va jirkandim”, degan Gersog.

Ta’kidlanishicha, u Rossiya diplomatiyasi rahbarining bayonotlari ikki davlat munosabatlarini buzmaydi, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yahudiy bo‘lsa, uni qanday qilib “millatchilik qilish”da ayblash mumkinligi haqidagi savolga javoban Adolf Gitlerda ham “yahudiy qoni bor edi”, deya javob bergandi. 

Isroil Tashqi ishlar vaziri Rossiya hukumatidan vazirning bu so‘zlari uchun Isroil va yahudiy xalqidan kechirim so‘rashni talab qildi. Rossiya TIV Lapidning bayonotlarini “tarixga qarshi” deb atagan. Ular tarixda yahudiylar va natsistlar o‘rtasidagi hamkorlik misollari bo‘lganini eslagan. 

Rossiya TIV Vladimir Zelenskiy 2020 yilda imzolagan “Ukrainada antisemitizmning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun mavjudligiga qaramay, uning qoidalariga amal qilinmaydi, deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, rasmiy Moskva Isroil “neonatsistlar rejimi” shakllangan va “antisemitizm gullab-yashnagan” Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. 

Fransiya ham Lavrovning Gitler haqidagi bayonotini bee’tibor qoldirmadi va Rossiyaning Ukrainadagi urushi haqida tarqatayotgan dezinformatsiyaga qarshi kurashni davom ettirishini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing