Isroil Prezidenti birinchi marta Qatar Amiri bilan shaxsan uchrashdi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasi doirasida Isroil Prezidenti Isxaak Gersog Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda “Yediot Ahronot” gazetasi xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Gersog va shayx Ol Soniy uzoq suhbatlashgan. Nashrning qayd etishicha, bu Qatar Amiri va Isroil Prezidenti o‘rtasidagi birinchi shaxsiy uchrashuvdir. Ularning muzokaralari tafsilotlari ochiqlanmagan.

“The Times of Israel” nashrida chop etilgan fotosuratda siyosatchilarning qo‘l berib ko‘rishgani aks etgan.

Ma’lumot uchun, 7 oktyabrdan beri davom etayotgan Isroil-HAMAS urushida Qatar asosiy vositachilardan biri bo‘lib turibdi. Qatar  Misr va AQSH bilan birgalikda tomonlar orasida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi sulhga erishdi. Hozirda kelishuv muddati tugadi, ammo muzokaralar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Isroil Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Itsxaak Gertsog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing