Isroil politsiyasi o‘ldirilgan jurnalistning dafn marosimini barbod qildi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Isroil xavfsizlik kuchlari kecha, 13 may kuni Sharqiy Quddusda “Al Jazeera” muxbiri Shirin Abu Aklening dafn marosimiga bostirib keldi. Ular rezina tayoqlar bilan urib, marosimda qatnashganlarni tarqatishga uringan. Telekanalning voqea joyidan xabar berishicha, Isroil hukumati falastinliklarga Fransiya shifoxonasidan xotira marosimi o‘tkaziladigan katolik cherkovigacha piyoda borishiga ruxsat bermagan.

Politsiya dafn marosimiga hujum uyushtirib, uning ishtirokchilarini shifoxona darvozasiga qaytarishga majbur qilgan. Isroilliklar o‘ldirilgan ayolning jasadi bo‘lgan tobutni dafn aravasida cherkovga yetkazishni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qatarning “Al-Jazeera” telekanali jurnalisti Shirin Abu Akle Falastinda, Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi otishmada halok bo‘lgandi.

Telekanalga ko‘ra, 51 yoshli jurnalist 11 may kuni ertalab otishma sodir bo‘lgan Jenin shahridagi falastinlik qochqinlar lageriga isroillik harbiylarning bosqinini yoritgan. To‘qnashuv vaqtida “Press” yozuvi tushirilgan o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiygan Abu Aklening boshiga o‘q uzilgan. Jurnalist shifoxonaga olib ketilgan, biroq uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. U bilan birga “Al-Quds” muxbiri Ali Samodiy ham yaralangan. U hozirda shifoxonada, ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

“Al-Jazeera” Shirin Abu Aklening o‘ldirilishida Isroil xavfsizlik kuchlarini ayblab, buni “xalqaro me’yorlarni buzuvchi sovuq qonli, dahshatli jinoyat” deb atadi. Isroil mudofaa kuchlarining iddaosicha, qurollangan falastinliklar jurnalistni tasodifan otib o‘ldirgan bo‘lishi mumkin.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil

Baholaganlar

433

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing