Isroil parlamenti noroziliklarga sabab bo‘lgan qonun loyihasini ma’qulladi 

Olam

image

Bugun, 24 iyul kuni Isroil parlamenti (Knesset) a’zolari ko‘pchilik ovoz bilan muxolifatning ommaviy noroziligiga sabab bo‘lgan sud-huquq islohotlari doirasidagi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi. Majlis parlament telekanali orqali namoyish etildi.

Hukmron koalitsiya vakili bo‘lgan 120 o‘rinli parlamentning 64 nafar deputati hujjatni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 56 nafar muxolifatchi deputat hal qiluvchi ovoz berishdan voz kechib, majlislar zalini tark etgan.

Shundan so‘ng, Isroil hukumati tomonidan rejalashtirilayotgan sud-huquq islohotlarining bir qismi bo‘lgan ovoz berish uchun asoslilik deb ataluvchi tamoyilni bekor qiluvchi qonun loyihasi taqdim etilgan. Bu sud qonunchiligidagi o‘zgarishlarning asosiy va eng bahsli rejalaridan biridir. Ushbu qonunga ko‘ra, Isroil Oliy sudining vakolatlari cheklanadi. Shu paytgacha Oliy sud huquqiy jihatdan asossiz deb topiladigan har qanday hukumat qarorini bloklash huquqiga ega edi. Islohot sud hokimiyatining bu vakolatlarini cheklaydi.

Qonun loyihasi muhokamasi Knesset devorlari yaqinida ikkinchi kundan beri islohot muxoliflari miting o‘tkazayotgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida bo‘lib o‘tgan. Ertalab politsiya namoyishchilarni suv zarbalari bilan tarqatishga uringan va kamida 19 kishini hibsga olgan, ammo namoyishchilar tarqalishdan bosh tortgan. O‘zgartirishlar chog‘ida parlament majlislari zalida muhokamalar baland ovozda o‘tgan. Muxolifatchi deputatlar koalitsiya vakillarini tanqid qilishdan tortinmagan. Yig‘ilish yakunida muxolifat hal qiluvchi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortgan holda to‘liq tarkibda majlislar zalini tark etgan. Natijada hujjat kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Isroil parlamenti sud-huquq islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagandi. Shundan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari avj olgan. Mart oyida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu davom etayotgan norozilik namoyishlari va e’lon qilingan “Milliy falaj haftasi” ish tashlashi fonida qonun loyihasining ikkinchi va uchinchi o‘qishini kechiktirishga rozi bo‘lgan va muxolifat bilan muzokaraga kirishgan. Biroq so‘nggi bir necha oy davomida bu muzokaralar murosaga olib kelmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil norozilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing