Isroil Moderna vaksinasini ma’qulladi
Olam
−
05 yanvar 2021
2694Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 ga qarshi Moderna vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda kompaniya veb-saytidagi xabarda aytilgan.
"Bu Moderna'ning koronavirusga qarshi vaksinasini qo‘llashni ma’qullagan uchinchi davlat va Shimoliy Amerika tashqarisidagi birinchi davlatdir", deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishicha, Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi 6 million dozada vaksina yetkazib berishni ma’qullagan.
Kompaniya yaqin kelajakda vaksina boshqa bozorlarda ham tasdiqlanishiga umid qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Moderna vaksinasini AQSH 2020 yil 18 dekabrda, Kanada esa 2020 yil 23 dekabrda tasdiqlagan. Hozirda Yevropa Ittifoqi, Singapur, Shveysariya va Buyuk Britaniyada vaksinani tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Isroilda koronavirusga chalinganlar 442 mingdan oshgan. 3 ming 416 nafar bemor vafot etgan.
Avvalroq, Moderna kompaniyasi vaksinasi samaradorligi 94,1 foizni, koronavirusning og‘ir shakli bilan esa 100 foizni tashkil etgan edi. Preparatni sinovdan o‘tkazish paytida platsebo guruhiga kirgan bir kishi vafot etgandi.
LiveBarchasi