AQSHda Moderna vaksinasini bolalarda sinovdan o‘tkazish boshlandi

Salomatlik

image

Amerikaning Moderna kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi mRNA-1273 vaksinasi AQSHning olti shtatida uch ming bolada sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

"Moderna o‘zi ishlab chiqargan vaksinani 12 yoshdan katta bolalarda sinovdan o‘tkazishga taklif qila boshladi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tadqiqotda Aydaxo, Minnesota, Nyu-York, Oklaxoma, Texas va Yuta shtatlaridan kelgan 12-18 yoshdagi ko‘ngillilar ishtirok etadi. Shu bilan birga, kompaniya AQSHning oziq-ovqat va farmatsevtika idorasiga o‘z vaksinasidan foydalanishni tasdiqlash uchun ariza topshirgan.

Avvalroq Moderna COVID-vaksinasi samaradorligi 94,1 foizni, koronavirusning og‘ir shakli bilan esa 100 foizni tashkil etgan edi. Preparatni sinovdan o‘tkazish paytida platsebo guruhiga kirgan bir kishi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Moderna

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing