Isroil Madrimovning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 9 iyul kuni Londonda o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasidagi revansh jangi o‘tkaziladi. 

Qayd etish joizki, Madrimov va Soroning birinchi bellashuvi 2021 yilning dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgandi. Unda o‘zbekistonlik bokschi raqibini 9-raundga kelib, texnik nokautga uchratgan. Biroq fransiyalik bokschi norozilik bildirib, revansh talab qildi. Isroil esa raqibining ikkinchi jangga chorlovini javobsiz qoldirmadi.

Soro uzoq yillik faoliyati davomida Isroildan boshqa hech kimga muddatidan oldin yutqazmagandi. Shuningdek, Madrimov birinchi jangga nisbatan yaxshiroq formada bo‘lishi kerak. Toshkentda o‘tkazilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi jarohatdan keyingi adaptatsiya jarayonida edi. Jang 12 raund etib belgilanganini hisobga olsak, jismoniy va psixologik tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov professional boksdagi faoliyati davomida 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Shulardan 6 tasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan. Soro esa 35 ta jangda ringga chiqib, 31 ta g‘alabaga erishgan. Uning hisobida 3 ta durrang va 1 ta mag‘lubiyat ham bor.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Madrimov

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing