Madrimov WBA reytingining 3-raqamli bokschisi bilan jang qilishi mumkin
Sport
−
11 iyul 2023 6910 1 daqiqa
Matchroom promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovning navbatdagi jangini WBA reytingida 3-o‘rinda borayotgan britaniyalik Jeyms Metkalfga qarshi tashkil qilmoqchi. Buni sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi.
Unga ko‘ra, Madrimov navbatdagi jangini super yarim o‘rta vaznda (69,8 kg) WBA reytingida 3-o‘rinda borayotgan britaniyalik Jeyms Metkalfga qarshi o‘tkazishi mumkin. Hozirda mazkur bahs statusini belgilash bo‘yicha WBA'ga taklif yuborilgan bo‘lib, agar u tasdiqlansa kamar uchun bo‘lish ehtimoli ham yuqori.
Ma’lumot uchun, Madrimov professional faoliyati davomida 10 ta jang o‘tkazib, 9 tasida (6 nokuat) g‘alaba qozongan va bittasida texnik durang qayd etilgan. U oxirgi jangini o‘rta vazn toifasida o‘tkazib, Rafael Igbokveni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan.
Jeyms Metkalf esa bu borada anchagina tajribali hisoblanadi. U 27 ta jang o‘tkazib, 25 tasida (15 nokaut) raqiblarini mag‘lub etgan hamda 2 bor jangni boy bergan. U so‘nggi jangida Denis Hogandan ochkolar bo‘yicha ustun kelgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025