Isroil Madrimovga Tahoe sovg‘a qilinadi

Sport

image

Bugun, 14 mart kuni Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibiga aylangan o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov O‘zbekistonga qaytib keladi.

QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, Madrimovga Prezident sovg‘asi Chevrolet Tahoe avtomobili sovg‘a qilinadi.

29 yoshli bokschi oxirgi jangida rossiyalik yengilmas Magomed Qurbonovni mag‘lubiyatga uchratib, profboksdagi 9-g‘alabasini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrimov Amerikaning mashhur ESPN sport nashri tomonidan tuzilgan reytingda o‘rta vazn toifasida 3-o‘ringa ko‘tarilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing