Isroil Madrimov jang qiladigan turnirning to‘liq kardi e’lon qilindi

Sport

image

Ertaga, 8 mart kuni super yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi jang qiladi.

Dastlab mazkur jang Madrimov O‘zbekistonda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va unga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgani oqibatida bekor qilingani aytilayotgandi, biroq keyinchalik jang o‘tkazilmasligi haqida xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

6 mart kuni jang oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi va bokschilar nigohlar jangida to‘qnash keldi. Madrimov-Qurbonov jangidan tashqari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan boks musobaqasida yana 9 ta to‘qnashuv o‘tkaziladi. Jumladan kechaning markaziy jangida britaniyalik Entoni Joshua kamerunlik Fransis Ngannu bilan to‘qnash keladi.

To‘liq kard:

Entoni Joshua – Frensis Ngannu;

Chjiley Chjan – Jozef Parker;

Rey Vargas – Nik Boll;

Gevin Gvinn – Mark Chemberlen;

Jastis Xuni – Kevin Lerena;

Jek MakGann – Luis Grin;

Roman Fyuri – Martin Svars;

Ziyad Almaayuf – Kristian Lopes Flores;

Andrey Novitskiy – Xuan Torres.

Ma’lumot uchun, janglar Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Entoni Joshua Fransis Ngannu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing